Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«An-Nasr»ning g‘alabali seriyasi 14 o‘yinga yetdi

«An-Nasr»ning g‘alabali seriyasi 14 o‘yinga yetdi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatida g‘olib chiqishga astoydil bel bog‘lagan. Shanba oqshomida Jorje Jezush shogirdlari o‘z maqsadlari yo‘lida navbatdagi qadamni tashlashdi — safarda «Al-Axdud» jamoasi 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Gollarga Krishtianu Ronaldu va Joau Felish mualliflik qilishdi.

Shuni ta’kidlash joizki, «An-Nasr» Saudiya Pro-ligasida ketma-ket 14 ta o‘yindan beri g‘alaba qozonib kelmoqda. Bu juda hayratlanarli seriya. E’tiborlisi, jamoa yulduzi Ronaldu ushbu 14 ta uchrashuvning 4 tasini o‘tkazib yuborgan.

Ayni damda «An-Nasr» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi «Al-Hilol»ni besh ochkoga ortda qoldiryapti. Chempionat yakunigacha yana oltita tur qoldi.

Ma’lumot uchun, «An-Nasr» oxirgi marta 2018/2019 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lgan edi.

Kiritildi: 09:02, 12.04.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик