Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rabyo «Milan»ning yirik mag‘lubiyati sababini aytdi

Rabyo «Milan»ning yirik mag‘lubiyati sababini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabyo «Milan»ning «Udineze»ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizligiga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, grand jamoa shunchaki mag‘lub bo‘lib qolmay, o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

«Menimcha, muammo biroz charchoq alomatlarida. Bu bahsda biz himoyada odatdagidek zich va mustahkam o‘ynay olmadik. Ikkita gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin esa o‘yinimiz butunlay izdan chiqdi. Ikki to‘p farqi bilan ortda qolayotganda vaziyatni o‘nglashga harakat qilish kerak, lekin bugungidek tarzda emas», — deya fransuz futbolchisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Ushbu mag‘lubiyat natijasida «Milan», «Napoli»ning o‘yini qanday yakunlanishidan qat’i nazar, A Seriya turnir jadvalida aniq uchinchi o‘rinda qoladigan bo‘ldi.

Kiritildi: 09:05, 12.04.2026.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик