Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Allegri Leauni himoya qildi

Allegri Leauni himoya qildi

Baho:
+ | -

«Milan» ustozi Massimiliano Allegri «Udineze»ga qarshi kechgan muvaffaqiyatsiz o‘yin yakunlanishi arafasida portugaliyalik hujumchi Rafael Leauni zaxiraga oldi. Leau maydonni muxlislarning hushtaklari ostida tark etdi. Mazkur vaziyatga «Milan» bosh murabbiyining o‘zi izoh berdi.

«Birinchi bo‘limda unda ikkita muhim vaziyat bo‘lgan edi. Ammo raqib chiziqlari zichlashganda, bo‘sh hudud topish yanada qiyinlashadi. Bu yerda gap faqat Leauning o‘zida emas. Biz himoyalanish bosqichlarida yanada sabrliroq bo‘lishimiz kerak», — deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Italiya chempionatining navbatdagi turida «Milan» Veronada mahalliy klubga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 09:25, 12.04.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик