Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Nikolas Jeksonning samaradorligi: Har 81 daqiqada bitta gol yoki assist

Nikolas Jeksonning samaradorligi: Har 81 daqiqada bitta gol yoki assist

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Nikolas Jekson «Sankt-Pauli» ustidan qozonilgan yirik g‘alabada (5:0) o‘z hissasini qo‘shdi. Senegallik futbolchi Bundesliganing shanba kungi bahsida, 65-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 24 yoshli futbolchi myunxenliklar safida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Shuni ta’kidlash joizki, forvard maydonda jami 971 daqiqa harakat qilgan. Bu esa joriy mavsumda u har 81 daqiqada bitta samarali harakatni amalga oshirayotganini anglatadi.

Nikolas Jekson «Bavariya»da «Chelsi»dan ijaraga olingan futbolchi sifatida to‘p surmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Germaniya grandi futbolchini to‘liq sotib olish niyatida emas.

15 aprel kuni Vensan Kompani jamoasi Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:57, 12.04.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик