Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Gvardiola Erling Xolandning kelajagi haqida gapirdi

Gvardiola Erling Xolandning kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola Erling Xolandning istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Norvegiyalik hujumchi so‘nggi oylarda o‘zining odatiy mahsuldorligini ko‘rsata olmayayotgan edi, biroq Angliya Kubogi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan yaqindagi bahsda (4:0) yana porladi va o‘z hisobiga xet-trik yozdirib qo‘ydi.

«Xoland har mavsumda borgan sari kuchayib boraveradi. Bunga ishonchim komil», — dedi Gvardiola yulduzli forvardning o‘yini haqida to‘xtalar ekan.

«Shaharliklar» hujum chizig‘ining 25 yoshli yetakchisi hamon 22 ta gol bilan Premyer-liga to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda, ammo «Brentford» vakili Igor Tyago unga ancha yaqinlashib qolgan — braziliyalik futbolchi hisobida 21 ta gol mavjud.

Bugun «Siti» safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:18, 12.04.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик