Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Karlo Anchelotti 41 yoshli Tyago Silva JCH-2026 ga borishi mumkin ekanligini aytdi

Karlo Anchelotti 41 yoshli Tyago Silva JCH-2026 ga borishi mumkin ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Portu»ning 41 yoshli himoyachisi Tyago Silvani jahon chempionatiga chaqirishi mumkinligini aytdi.

«Men hech qachon pasportdagi tug‘ilgan sanaga qaramayman. Barcha o‘yinchilar jahon chempionati uchun tuziladigan ushbu ro‘yxatga kirishi mumkin. Uning yoshi 41 dami, buning ahamiyati yo‘q. Agar u munosib bo‘lsa, u yerda bo‘ladi. Yosh — muammo emas», — dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Tyago Silva 2026 yilda erkin agent sifatida «Fluminense»dan «Portu»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda himoyachi Portugaliya klubi safida barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi. Tyago Silva Braziliya terma jamoasi tarkibida jami 113 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 11:44, 12.04.2026.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик