Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barselona» Flik qo‘l ostida o‘yinlarining uchdan birida yirik g‘alaba qozonmoqda

«Barselona» Flik qo‘l ostida o‘yinlarining uchdan birida yirik g‘alaba qozonmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» La Liganing 31-turida «Espanyol»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostida o‘tkazilgan 109 ta o‘yindagi 37-yirik g‘alaba bo‘ldi.

Germaniyalik mutaxassis davrida «ko‘k-anorranglilar» «Atletik» (3:0, 4:0, 5:0), «Valensiya» (7:1, 5:0, 6:0), «Malyorka» (5:1, 3:0, 3:0) va «Sevilya»ni (5:1, 4:1, 5:2) uch martadan yirik hisobda mag‘lub etishdi. Shuningdek, «Barselona» «Real Madrid» (4:0, 5:2), «Jirona» (4:1, 4:1) va «Vilyarreal» (5:1, 4:1) ustidan ikki martadan yirik g‘alabaga erishdi.

Bundan tashqari, «Valyadolid» (7:0), «Yang Boyz» (5:0), «Alaves» (3:0), «Bavariya» (4:1), «Srvena Zvezda» (5:2), «Brest» (3:0), «Barbastro» (4:0), «Betis» (5:1), «Real Sosyedad» (4:0), «Borussiya» (4:0), «Olimpiakos» (6:1), «Ovyedo» (3:0), «Kopengagen» (4:1), «Levante» (3:0), «Xetafe» (3:0), «Osasuna» (3:0), «Atletiko» (3:0) va «Nyukasl» (7:2) jamoalari ham ayovsiz mag‘lub etildi.

Flik 2024 yildan beri «Barselona»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda klub Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchdi.

Kiritildi: 12:39, 12.04.2026.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик