Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

La Liga Mbappening jarohati translyasiyaga chiqmay qolgani sababini tushuntirdi

La Liga Mbappening jarohati translyasiyaga chiqmay qolgani sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Ispaniyada La Liganing 31-turidan o‘rin olgan «Real» va «Jirona» (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda madridliklar hujumchisi Kilian Mbappening yuzidagi qon nima uchun translyasiyada ko‘rsatilmaganiga izoh berildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

La Liga vakillarining tushuntirishicha, bu vaziyatda aniq rakurs bo‘lmagan: mavjud bo‘lgan yagona takroriy lavhada futbolchining yuzini shifokorning qo‘li to‘sib qolgan. Shu bilan birga, liga rahbariyati tirsak bilan berilgan zarba epizodi takroran sakkiz marta ko‘rsatilganini va to‘qnashuv oqibatlarini yashirish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bo‘lmaganini alohida ta’kidladi.

Epizod o‘yinning 88-daqiqasida sodir bo‘ldi. Mbappe darvoza maydonchasi tomon harakatlanayotgan vaqtda himoyachi Vitor Reys bilan to‘qnashib ketdi va maydonga yiqildi. Oyoqlardagi kontaktdan tashqari, Reys qo‘li bilan Mbappening yuziga ham zarba bergan edi.

31 ta o‘yindan so‘ng «qaymoqranglilar» 70 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Jirona» esa 38 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 12:54, 12.04.2026.
O'qildi: 2936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик