Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ko‘plab «Chelsi» muxlislari jamoadan mag‘lubiyat kutishmoqda

Ko‘plab «Chelsi» muxlislari jamoadan mag‘lubiyat kutishmoqda

Baho:
+ | -

Bugun Premyer-liganing 32-turi doirasida «Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Agar «shaharliklar» g‘alaba qozonsa, jadvalda peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» bilan oradagi farqni o‘zaro o‘yin oldidan 6 ochkogacha qisqartirishadi. Shu bilan birga, Xosep Gvardiola jamoasida yana bitta zaxira o‘yini mavjud bo‘ladi.

The Touchline nashrining qayd etishicha, ko‘plab «Chelsi» muxlislari yakshanba kungi bahsda o‘z jamoalarining mag‘lubiyatiga rozi bo‘lib turishibdi — bularning barchasi «Arsenal» chempion bo‘lmasligi uchun. «Ko‘klar»ning ayrim ishqibozlari bugungi jangda raqibning g‘alaba qozonishini chin dildan istashmoqda.

«Arsenal» olis 2004 yildan beri Angliya chempioni bo‘la olmayapti. Oxirgi uch mavsumda «to‘pchilar» muntazam ravishda ikkinchi o‘rinni egallab kelishmoqda.

Kiritildi: 14:53, 12.04.2026.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик