Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Shirer «Arsenal»ning muammosini aytdi

Shirer «Arsenal»ning muammosini aytdi

Baho:
+ | -

Afsonaviy sobiq futbolchi Alan Shirer «Arsenal»ning «Bornmut»dan uchralgan kutilmagan mag‘lubiyatidan (1:2) so‘ng jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi. «To‘pchilar» Premyer-liganing 32-turi doirasida shanba kuni bo‘lib o‘tgan bahsda o‘z uylarida «olchalar»ga imkoniyatni boy berishdi.

«Arsenal»da umuman energiya ko‘rinmadi — «Bornmut» g‘alabani ko‘proq xohladi. Bu xavotirli belgi. Hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas. G‘alabaga ko‘proq intilgan kuchliroq jamoa zafar quchdi», — dedi Shirer BBC studiyasida.

Mikel Arteta jamoasi APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»dan to‘qqiz ochko oldinda. Biroq «shaharliklar»da ikkita zaxira o‘yini mavjud. Bugun Xosep Gvardiola shogirdlari Londonda «Chelsi» bilan to‘qnash kelishadi, navbatdagi turda esa o‘z maydonlarida «Arsenal»ni qabul qilishadi.

Kiritildi: 14:57, 12.04.2026.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик