Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hakamlar Mbappening qonga belangan yuzini faqat o‘yindan keyin ko‘rishdi: «Real» penalti berilmaganidan norozi

Hakamlar Mbappening qonga belangan yuzini faqat o‘yindan keyin ko‘rishdi: «Real» penalti berilmaganidan norozi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi juma kuni «Jirona»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) hakamning penalti belgilamaslik haqidagi qaroridan norozi bo‘ldi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida hujumchi Kilian Mbappe jarima maydonchasi ichida yuziga zarba qabul qilib oldi va maydonga yiqildi. Fransiyalik futbolchining yuzi qonga belangani sababli unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga to‘g‘ri keldi. Biroq, qoidabuzarlikni tekshirgan VAR hakamlari bu holatni payqamay qolishgan, deb xabar bermoqda Madrid Xtra nashri El Chiringuitoga tayanib. Hakamlar Mbappening qonga belangan holati aks etgan suratlarni faqat o‘yindan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rishgan.

«Qaymoqranglilar» 11 metrlik jarima zarbasi berilmaganidan qattiq g‘azabda. Bir kun o‘tib «Barselona» «Espanyol»ni mag‘lub etdi va «Real» bilan oradagi farqni 9 ochkoga yetkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi.

Kiritildi: 09:27, 13.04.2026.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик