Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pep Sherkiga tanbeh berdi: «Donnarummaning yonida nima bor?»

Pep Sherkiga tanbeh berdi: «Donnarummaning yonida nima bor?»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Rayan Sherkining o‘yini haqida fikr bildirdi.

22 yoshli futbolchi yakshanba kuni Premyer-liga doirasida kechgan «Chelsi»ga qarshi bahsda (3:0) ikkita golli uzatmani amalga oshirib, «shaharliklar»ning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

«Sherki APLdagi ilk mavsumidayoq hayratlanarli statistika qayd etmoqda, u juda iqtidorli. Bu noyob holat. Ota-onasi unga katta iste’dod berishgan, ammo bu — oldingi chiziqda, Xolandga yaqinroq o‘ynash uchun berilgan talant. U esa ba’zida Donnarummaning yoniga tushib ketmoqda, bu mutlaqo mantiqsiz. Birinchi bo‘limda Rayan nima qildi? U mening yonimda yurgandi! Oldinga bor, Xolandning, vingerlarning va hujumkor yarim himoyachilarning yoniga — tabiiy iqtidoringdan foydalan! Agar u shuni o‘zlashtirib olsa, buyuk futbolchiga aylanadi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda City Report.

Rayan Sherki o‘tgan yilning yozida «Lion» klubidan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 11:22, 13.04.2026.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик