Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Gvardiola: «Ikkinchi bo‘lim birinchisidan ming marta yaxshiroq bo‘ldi»

Gvardiola: «Ikkinchi bo‘lim birinchisidan ming marta yaxshiroq bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Chelsi» ustidan qozonilgan yirik g‘alaba yakunlari haqida to‘xtaldi. APLning 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

«Stemford Bridj» kabi stadionda mehmonda g‘alaba qozonish... Muxlislar xursand. Biz baxtiyormiz. Ikkinchi bo‘lim birinchisiga qaraganda ming marta yaxshiroq chiqdi. Birinchi bo‘lim ham yomon bo‘lgani yo‘q, lekin ba’zi futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak bo‘lgan darajada emasdilar», — deya murabbiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

«Biz o‘sishda davom etyapmiz. Endi bizda haftalar uzunroq, chunki Chempionlar ligasidan chiqib ketdik. Jismoniy tomondan tetiklashdik, hamma mashg‘ulotlarda qatnashmoqda, futbolchilar nima qilish kerakligini yaxshiroq tushunishyapti. Reallik shunday».

Kiritildi: 12:54, 13.04.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик