Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappega yetib olishmoqda

Mbappega yetib olishmoqda

Baho:
+ | -

«Malyorka» hujumchisi Vedat Muriki La Liganing 31-turi doirasida «Rayo Valyekano»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl qayd etdi.

Kosovalik futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 30 ta o‘yinda 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi — bu XXI asrda «Malyorka» futbolchilari uchun bir mavsumdagi gollar soni bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkichdir. Rekord Daniel Guisaga tegishli bo‘lib, u 2007/08 yilgi mavsumda 27 ta to‘p kiritgan edi.

Muriki La Liga to‘purarlar poygasida Madridning «Real» klubi a’zosi Kilian Mbappedan ikkita golga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:45, 13.04.2026.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик