Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Roma" yozda kamida 7 nafar futbolchi bilan xayrlashadi

"Roma" yozda kamida 7 nafar futbolchi bilan xayrlashadi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Roma» klubi tarkibni jiddiy ravishda qayta qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub rahbariyati keyingi mavsumda «bo‘rilar»ni kim boshqarishidan qat’i nazar, jamoani yangidan shakllantirish niyatida.

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, shu yozda «Roma»ni aniq tark etadigan 7 nafar futbolchidan iborat ro‘yxat allaqachon tuzib bo‘lingan. Bular: Artyom Dovbik, Stefan El-SHaaravi, Brayan Saragosa, Lorenso Venturino, Evan Fergyuson, Kostas Simikas va Zeki Chelik.

Shuningdek, Paulo Dibala, Devayn Rensh, Anxelinyo va Lorenso Pellegrinilarning kelajagi ham so‘roq ostida qolmoqda. Moliyaviy qoidalarga rioya qilish maqsadida klub Kuadio Kone va Evan Ndikani sotib yuborishi mumkin — qayd etilishicha, ushbu futbolchilarga talab juda yuqori.

Kiritildi: 17:50, 13.04.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик