Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Yurgen Klopp “Real”ga ikkita shart qo‘ydi — manba

Yurgen Klopp “Real”ga ikkita shart qo‘ydi — manba

Baho:
+ | -1

Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiy masalasida Yurgen Klopp bilan prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda Football365 nashri xabar bermoqda.

Germaniyalik mutaxassis hozirda “Red Bull” kompaniyasida futbol bo‘limi rahbari sifatida ishlamoqda va hayotidan mamnunligini ta’kidlab kelmoqda. Biroq Madridda yanvar oyida Xabi Alonso iste’foga chiqarilishi va uning o‘rnini egallagan Alvaro Arbeloa ishonchni oqlay olmayotgani “qirollik klubi”ni Klopp varianti ustida jiddiy ishlashga majbur qildi.

Ispaniyalik jurnalist Anxel Torkemadaning so‘zlariga ko‘ra, Klopp va Florentino Peresning yaqin maslahatchisi Anas Lagrari o‘rtasida og‘zaki kelishuv imzolangan. Ammo nemis mutaxassisi klub boshqaruviga kelish uchun bir qator qat’iy talablarni qo‘ymoqda:

Tarkibni kuchaytirish: Klopp jamoaga ikki nafar tajribali himoyachi, ikki nafar yarim himoyachi va hujumchi Erling Holandni olib kelishni talab qilgan.

To‘liq nazorat: “Borussiya D” va “Liverpul”da bo‘lgani kabi, Klopp maydondan tashqaridagi ishlarda ham (transferlar, ichki siyosat) to‘liq erkinlik va mas’uliyat so‘ragan.

“U "Real"ning taklifini qabul qilishga tayyor, ammo agar unga to‘liq erkinlik berilmasa, u boshqa loyihalarni ko‘rib chiqadi”, deyiladi xabarda.

Yaqinda Piter Krauchning podkastida murabbiylikka qaytish haqidagi savolga Klopp shunday javob berdi:

“Hozircha hech narsa yo‘q. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman, band odamman. Oilam va ta’til bilan vaqt o‘tkazishdan zavqlanyapman. Hozircha murabbiylikni sog‘inganim yo‘q”.

Shunga qaramay, Ispaniya matbuoti tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon yakuniy bosqichga kirganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp 2024/25-yilgi mavsum yakunida charchoq sababli “Liverpul”ni tark etgan edi. U klubda sakkiz mavsum davomida beshta yirik sovrin, jumladan, Chempionlar Ligasi va Premyer Ligada zafar quchdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:46, 13.04.2026.
O'qildi: 9199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик