Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Odil Hamrobekov harakat qilayotgan «Traktor» Elit OCHL o‘yini uchun Saudiyaga yetib bordi

Odil Hamrobekov harakat qilayotgan «Traktor» Elit OCHL o‘yini uchun Saudiyaga yetib bordi

Baho:
+ | -

Eronning «Traktor» klubi Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Saudiya Arabistoniga yetib keldi va 13 aprel kuni OCHL 1/8 finali doirasida «Shabab Al-Ahli» jamoasiga qarshi maydonga tushishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda AP.

«Traktor» jamoasi uzoq davom etgan safardan so‘ng, 12 aprel kuni Jidda shahriga yetib bordi: klub a’zolari avval Eron shimoli-g‘arbidagi Tabrizdan Turkiyagacha yer usti transportida, so‘ngra Istanbuldan samolyotda parvoz qilishgan.

«Ushbu o‘yin oldidan holatimiz ancha murakkab, «Shabab»ga qarshi kechadigan 90 daqiqa biz uchun og‘ir kechadi», — dedi «Traktor» bosh murabbiyi Muhammad Rabii matbuot anjumanida.

Eron chempionati to‘xtatib qo‘yilgani sababli, jamoa 28 fevraldan beri rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan.

«Bizda bo‘lajak o‘yinlarda g‘alaba qozonish va Osiyo finaliga chiqish borasida katta ambisiyalar bor. Ertangi bahsdan boshlab, yaqin vaqt ichida duch kelgan jiddiy qiyinchiliklarga qaramay, hamma bizning yuqori darajamizni ko‘radi», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

«Shabab Al-Ahli» va «Traktor» o‘rtasidagi bahs 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 06:21, 14.04.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик