Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Barselona» «Atletiko» maydoni bo‘yicha UEFAga shikoyat qilishdi (Video)

«Barselona» «Atletiko» maydoni bo‘yicha UEFAga shikoyat qilishdi (Video)

Baho:
+1 | -

«Barselona» Chempionlar ligasi o‘yini oldidan «Atletiko» stadionidagi maysa balandligi bo‘yicha shikoyat qildi.

Chorak finalning javob uchrashuvi seshanba, 14 aprel kuni «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bahsda «Atletiko» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mashg‘ulot vaqtida UEFA delegatlariga «Atletiko» uy stadionidagi maydon holati yuzasidan e’tiroz bildirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, «Barselona» UEFAdan «Metropolitano» maydonidagi maysa balandligini o‘lchashni so‘ragan. Chunki haddan tashqari baland o‘sgan maysa to‘p harakatini sekinlashtiradi. Reglamentga ko‘ra, maysa balandligi butun maydon bo‘ylab bir tekisda 3 santimetrdan oshmasligi kerak. «Atletiko» vakillari esa maydon ushbu talablarga javob berishini va uning holati sezilarli darajada yaxshilanganini ta’kidlamoqdalar.

UEFA «Barselona»ning so‘roviga javoban, agar qoidabuzarlik aniqlansa, maysani kaltaroq qilib o‘rib qo‘yishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, qayd etilishicha, agar maydon belgilangan parametrlarga mos kelmaganida, kataloniyaliklarga o‘yindan oldingi mashg‘ulotni u yerda o‘tkazishga ruxsat berilmagan bo‘lardi.

Kiritildi: 06:48, 14.04.2026.
O'qildi: 1410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик