Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager APL 32-turining so‘nggi o‘yinida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etgan «Lids» jamoasining o‘yiniga qoyil qolganini yashirmadi.
«Lids» — bu yilgi Angliya chempionatida xuddi «toza havo»dek taassurot qoldirmoqda. Klubning birinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yini — ligada qolish uchun kurashayotgan boshqa jamoalar uchun haqiqiy namuna bo‘ldi. Ular «Manchester Yunayted»ni har jabhada mutlaqo mag‘lub etishdi», — deya Karragerning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.













