Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Trivela» ustasi Kuarejma Yamalga tan berdi

«Trivela» ustasi Kuarejma Yamalga tan berdi

Baho:
+2 | -

Portugaliyalik futbolchi Rikardu Kuarejma o‘zining oyoq tashqi qismi (trivela) bilan yo‘llaydigan ajoyib zarbalari orqali nom qozongan edi. Biroq endilikda u bu ishni o‘zidan ham yaxshiroq uddalayotgan izdoshini ko‘rdi. Bu — Kataloniyaning «Barselona» klubi yosh superyulduzi bo‘lmish Lamin Yamal.

«Bu zarbani men mashhur qilgan edim, ammo Yamal uni yangi bosqichga olib chiqdi. Uning texnikasi aql bovar qilmas darajada, hech kim buni u kabi takrorlay olmaydi. Men ilgari bunaqasini ko‘rmaganman», — deya Kuarejmaning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Kuarejma o‘z vaqtida «Barselona» tarkibida to‘p surgan, garchi bu uzoq davom etmagan bo‘lsa-da. Yamal esa «Barselona»da 2023 yilning aprel oyida debyut qilgan edi — tez orada ushbu voqeaga roppa-rosa uch yil to‘ladi.

Kiritildi: 08:24, 14.04.2026.
O'qildi: 1162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик