«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Fransiya va Angliya klublari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
«Bu o‘yin birinchisidan farq qiladi. Biz qiyin vaziyatlardan qanday chiqib ketishni aniq tushunishimiz va o‘zimizning odatiy futbolimizni namoyish etishimiz kerak. Biz bu yerga shunchaki ustunlikni himoya qilish uchun kelganimiz yo‘q», — deya Enrikening so‘zlarini UYEFA rasmiy sayti keltiradi.
Parijliklar ustozi, shuningdek, o‘yinni yaxshi boshlash jamoa uchun muhimligini, biroq bu hal qiluvchi omil bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.













