Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Robertson: "Liverpul" menga yangi shartnoma taklif qilmadi"

Robertson: "Liverpul" menga yangi shartnoma taklif qilmadi"

Baho:
+ | -

«Liverpul» qanot himoyachisi Endryu Robertson «qizillar» rahbariyati unga hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqmaganini ma’lum qildi.

«Men yangi kelishuvni rad etganim yo‘q. Menga shartnomani uzaytirish taklif ham qilinmadi. Bizda shunchaki bu mavzuda suhbat bo‘ldi, xolos. O‘tgan mavsumdayoq jamoa bilan xayrlashishga yaqin edim, lekin qolishga qaror qilgandim. Yanvar oyida ham xuddi shunday vaziyat takrorlandi», — deya shotlandiyalik himoyachining so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Avvalroq, Endryu 2025/2026 yilgi mavsum yakunida mersisaydliklar safini tark etishi ma’lum bo‘lgan edi.

Robertson «Liverpul» sharafini 2017 yildan beri himoya qilib kelmoqda. U umumiy hisobda jamoa uchun 373 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:04, 14.04.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик