Osiyo futbol konfederasiyasi (AFC) musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi qit’aning eng nufuzli klub turniri — Elit Osiyo chempionlar ligasini isloh qilish bo‘yicha qator muhim o‘zgarishlarga qo‘l urdi.
32 jamoali format
2026/27 mavsumdan boshlab musobaqa 32 jamoali formatga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Hozirgi 24 jamoali tizim o‘rniga, har bir mintaqada (Sharq va G‘arb) 16 tadan klub ishtirok etadi.
Pley-off bosqichi joriy etiladi
2026/27 mavsumdan keyin turnirning keyingi bosqichga chiqish tartibi ham o‘zgaradi:
— 1–6-o‘rinni olgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqadi;
— 7–10-o‘rindagi jamoalar yangi pley-off bosqichida ishtirok etadi.
Pley-offda:
— 7 va 8-o‘rin egalari uy maydonida o‘ynaydi;
— g‘oliblar 1/8 finalga yo‘l oladi.
Muhim izoh
Global taqvimning zichligi sabab pley-off tizimi 2026/27 mavsumda emas, balki keyingi mavsumlardan joriy etilishi rejalashtirilgan.
Yakuniy qaror OFK ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.













