Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Kapello: «Leau «Milan» ramziga aylanib qoldi»

Kapello: «Leau «Milan» ramziga aylanib qoldi»

Baho:
+ | -

Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello «Milan»ning qanot hujumchisi Rafael Leauning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Uning markaziy hujumchi pozisiyasidagi o‘yini meni ishontirmayapti. Lekin gap faqat pozisiyada emas — nazarimda, unda avvalgidek ishtiyoq va energiya qolmagan. U o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmay, kuchining yarmi bilan o‘ynayotgan «Milan»ning ramziga aylanib qoldi», — deya Kapelloning so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Portugaliya terma jamoasi vingeri joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasining 32 turidan so‘ng «rossonerilar» 63 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:50, 14.04.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик