Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Shalke» «MYU» sobiq hujumchisi Vegxorstni sotib olmoqchi

«Shalke» «MYU» sobiq hujumchisi Vegxorstni sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Ikkinchi Bundesliga turnir jadvali peshqadami «Shalke» niderlandiyalik hujumchi Vaut Vegxorstga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Voetbal International nashri xabar bermoqda.

33 yoshli futbolchining ayni damda «Ayaks» bilan amaldagi shartnomasi bor, biroq u mavsum yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Shuningdek, Vegxorstni o‘z safiga qo‘shib olishga «Tvente» klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Vegxorst 2024 yildan buyon «Ayaks» tarkibida to‘p tepib kelmoqda. Ushbu mavsumda u 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tajribali hujumchi faoliyati davomida «Manchester Yunayted», «Volfsburg» va «Beshiktosh» kabi nomdor klublarda o‘ynagan. Niderlandiya terma jamoasi safida esa Vegxorst 51 ta uchrashuvda 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 19:43, 14.04.2026.
O'qildi: 436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик