Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Dyugarri Sherki haqida: «U Olise, Barkolya yoki Duedan yaxshiroqmi?»

Dyugarri Sherki haqida: «U Olise, Barkolya yoki Duedan yaxshiroqmi?»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rayan Sherki boshqa taniqli fransuz futbolchilaridan ustun ekanligiga shubha bilan qaraydi.

«U kimdan farq qiladi? U Olisedan yaxshiroqmi? Barkolyadanmi? Yoki Duedanmi? Sherkining uslubi nimadan iborat? Qolgan barcha futbolchilar ko‘rmi, oqsoqmi yoki masxarabozmi?

Barchamiz Sherkining iqtidorli ekanligiga qo‘shilamiz, lekin nima uchun unga alohida munosabatda bo‘lishadi? Pep Gvardiola ham Sherki yetarlicha pressing qilmasligini tushuntirgan edi. Biz bilamizki, zamonaviy futbol hujumchilardan pressing qilishni talab etadi.

Sherkiga alohida munosabatda bo‘lish — bu hamma pressing qilishi kerak bo‘lgan paytda unga dam olishga ruxsat berish demakdir. Men unga boshqacha munosabatda bo‘lish kerak emas deb hisoblayman. Mutlaqo yo‘q, aksincha!» — dedi Dyugarri.

Eslatib o‘tamiz, Rayan Sherki 2025 yilning yozida 30 million funt sterling evaziga «Lion»dan «Manchester Siti» safiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 9 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Kiritildi: 19:50, 14.04.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик