Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Kompani «Real» bilan o‘yin oldidan hakamlik borasida hazil qildi

Kompani «Real» bilan o‘yin oldidan hakamlik borasida hazil qildi

Baho:
+2 | -

Chorshanba kuni «Bavariya» Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsida «Real Madrid»ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani hakamlik qarorlari o‘yin natijasiga ta’sir qilmasligiga umid bildirdi.

«Real»ga qarshi o‘yinda hamma narsa ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Barchasi individual mahoratdan boshlanadi. Shuningdek, jamoaviy shiddat va oxirigacha chidashga tayyorlik kabi jihatlar bor.

Ba’zida hakam ham o‘yin taqdiriga ta’sir o‘tkazib qo‘yishi mumkin. Umid qilamanki, bu safar bunday bo‘lmaydi (kuladi). Ayniqsa, «Real» bilan o‘yinda har bir mayda detal muhim ahamiyatga ega. Biz ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyormiz va bu o‘yinni intizorlik bilan kutyapmiz», — dedi Kompani jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Madridda kechgan birinchi uchrashuvda «Bavariya» 2:1 hisobida g‘alaba qozonib qaytgan edi. Javob o‘yini ertaga, 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi. To‘qnashuv g‘olibi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 20:22, 14.04.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик