Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Noyer: «Tarixdagi eng buyuk darvozabon ekanligimni aytish qiyin»

Noyer: «Tarixdagi eng buyuk darvozabon ekanligimni aytish qiyin»

Baho:
+ | -

«Bavariya» posboni Manuel Noyer Chempionlar Ligasining «Real Madrid»ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘z maqomi haqidagi savolga javob berdi.

«Men tarixdagi eng buyuk darvozabonmanmi? Buni aytish qiyin — hammasi qaysi davr haqida gapirayotganimizga bog‘liq. Top-darajadagi darvozabonlar juda ko‘p. So‘nggi o‘n yilliklarda kamida 10 ta shunday futbolchini sanash mumkin. Har birining o‘z uslubi bor.

Ertaga Tibo Kurtuaning bunday muhim o‘yinni o‘tkazib yuborishi juda afsuslanarli. O‘tmishda ham Shmeyxel, Kan, Kasilyas, Buffon kabi afsonalar bo‘lgan. Hozir esa Kurtua bor. Juda ko‘p kuchli darvozabonlar o‘tgan va har birining o‘z kuchli tomonlari bo‘lgan. Kim eng yaxshi ekanligini aytish murakkab», — dedi Noyer.

Eslatib o‘tamiz, «Real»ga qarshi Madridda kechgan dastlabki bahsda 40 yoshli Noyer 9 ta seyv ijro etib, jamoasining g‘alabasiga (2:1) ulkan hissa qo‘shgan edi. Ertaga Myunxenda uni yana bir katta sinov kutmoqda.

O‘yin ertaga, 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 20:40, 14.04.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик