Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Bellingem: "Odamlar yolg‘on gapirishgan"

Bellingem: "Odamlar yolg‘on gapirishgan"

Baho:
+ | -2

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem alkogol bilan bog‘liq muammolari borligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Avvalroq ispaniyalik yutuber AuronPlay «qaymoqranglilar»ning ingliz yarim himoyachisi ichkilikka berilgani haqida bayonot bergan edi: «Ispaniyada Jud Bellingem kirmagan birorta klub qolmadi. U alkogolni haddan tashqari yaxshi ko‘radi. Mashg‘ulotlarda esa undan rom hidi kelib, terlab yuradi».

Bellingem 20 yanvar kuni Chempionlar Ligasida «Monako»ga qarshi o‘yinda (6:1) gol urdi va uni qo‘lida qadahlarni ifodalovchi harakatlar bilan nishonladi.

«Menimcha, bu haqda avval ham aytganman: shaxsiy hayot bilan futbolni aralashtirib bo‘lmaydi. Odamlar meni ko‘p ichadi deb yolg‘on gapirishdi, lekin bu haqiqat emas. Men o‘ta professionalman.

Ushbu [gol nishonlanishi] shunchaki hazil edi, xolos», — dedi Bellingem Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 21:48, 14.04.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик