Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Neymar Lamin Yamalning «to‘p ustiga o‘tirish» harakatini takrorladi

Neymar Lamin Yamalning «to‘p ustiga o‘tirish» harakatini takrorladi

Baho:
+ | -

«Santos» Kopa Sudamerikana doirasida Paragvayning «Rekoleta» jamoasi bilan durang o‘ynadi (1:1). Uchrashuvning 4-daqiqasida Neymar hisobni ochgan bo‘lsa, raqiblar birinchi bo‘lim yakunida penaltidan yo‘llangan aniq zarba bilan javob qaytarishdi.

The Touchline nashrining qayd etishicha, Neymar o‘yin epizodlaridan birida Lamin Yamalning harakatini ataylab takrorlagan: u xuddi 18 yoshli ispaniyalik futbolchi bir oz avval Chempionlar ligasi chorak finalidagi «Atletiko»ga qarshi bahsda qilganidek, to‘p ustiga o‘tirib oldi. Taxminlarga ko‘ra, braziliyalik yulduz shu tariqa uni o‘ziga kumir deb biladigan «Barselona» vingeriga hurmat bajo keltirgan.

E’tiborli jihati shundaki, seshanba oqshomida Yamal ham aynan 4-daqiqada gol urgan edi. O‘sha o‘yinda «Barsa» Madridda «matraschilar»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, biroq bu yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi — ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:3.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yildan 2017 yilgacha Kataloniya grandi sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 08:46, 15.04.2026.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик