Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Anish Giri: «Gukesh bilan Sindarov o‘rtasidagi matchda hammasini aynan forma hal qiladi»

Anish Giri: «Gukesh bilan Sindarov o‘rtasidagi matchda hammasini aynan forma hal qiladi»

Baho:
+ | -

FIDE talabgorlar turnirida 13-tur bahslari yakunlangach, Javohir Sindarovning bugungi raqibi Anish Giri o‘z o‘yiniga va Javohir Sindarovning g‘alabasiga ham baho berdi.

— “Albatta, jadvalda yetakchilikka biroz yaqinroq bo‘lishni xohlardim. O‘yinlar yomon o‘tmadi, lekin ayrim vaziyatlarda ustunlikni oxirigacha olib bora olmadim.

Odatda bunday turnirlar oxirigacha teng kurash bilan o‘tadi, deb o‘ylaysan. Bu safar esa boshqacha bo‘ldi. Bir o‘yinchi ajralib chiqdi va hammaga qiyin bo‘ldi. Men ham turnirni yaxshi boshlay olmadim.

Ochig‘ini aytsam, mening ham yetarlicha imkoniyatlarim bo‘ldi. Lekin Javohirda ular ko‘proq edi".

Giri Sindarov haqida alohida to‘xtaldi:

— “Hozir u qanday yutishni juda yaxshi bilayotgandek. Balki undan nimanidir o‘rganishim ham kerakdir.

Bundan tashqari, u juda tez o‘ylaydi, variantlarni juda aniq hisoblaydi. Hujumda ham, himoyada ham juda ishonchli ko‘rinadi. Hozirgi formasi bilan u eng kuchlilardan biri bo‘lib turibdi”.

Giri bu natijalarni hozirgi tayyorgarlik holati bilan bog‘ladi:

— “Aslida hammasi qanday formada ekaninga bog‘liq. Agar boshqa kimdir, masalan Fabiano Karuana yutganida ham xuddi shunday gaplar aytilardi.

Masalan, Gukesh Dommaraju yutgan paytda ham uni eng kuchli deyishgandi. Hozir esa bu sifat Sindarov tomonda”.

Yosh avlod haqida esa u shunday dedi:

— “Hozirgi yoshlar juda jasurlik bilan o‘ynaydi. Masalan, men hatto eng yaxshi tayyorgarlik holatida bo‘lganimda ham bunday turnirda bunchalik ko‘p g‘alaba qozonishim qiyin.

Shuning uchun ham, masalan, Gukesh bilan Sindarov o‘rtasidagi matchda hammasini aynan forma hal qiladi”.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 10:34, 15.04.2026.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик