Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Van der Vaart Slotni qattiq tanqid qildi

Van der Vaart Slotni qattiq tanqid qildi

Baho:
+ | -

Mashhur niderlandiyalik sobiq futbolchi Rafael van der Vaart Arne Slotning "Liverpul" transferlari haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Chempionlar Ligasidan chiqib ketganlaridan so‘ng, "qizillar" ustozi yozda jamoaga yana kuchayish kerak bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

"Bu nima degani o‘zi? Mutlaqo absurd bayonot. "Liverpul" 500 million yevro sarfladi va yakunda nimaga erishdi? Angliya Kubogidan chiqib ketdi, Liga Kubogidan chiqib ketdi, Premyer-ligadagi muvaffaqiyatsizlik, Chempionlar Ligasidagi halokat.

Bu mavsum — klub uchun allaqachon ulkan muvaffaqiyatsizlik. Shundan keyin Slot shunchaki yangi o‘yinchilarni sotib olib, hammasini boshidan boshlash kerak demoqdami? Qo‘rqamanki, u "Liverpul"ni oldinga boshlaydigan odam emas. Ehtimol, o‘yinchilarni emas, uning o‘zini almashtirish kerakdir", — deya van der Vaartning so‘zlarini keltiradi Topskills Sports UK.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Angliya grandi o‘z uyida "PSJ"ga Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 15:45, 15.04.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик