"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni "Barselona"ga o‘tishi mumkin. Jurnalist Reshad Rahmanning ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi Bastoni transferi bo‘yicha Milan jamoasi bilan aloqaga chiqishni boshlagan. Hozirda har ikki tomon muzokaralarni qanday davom ettirishni tahlil qilmoqda.
Futbolchining o‘zi "Barselona"ga o‘tishga tayyor. Ehtimoliy kelishuv ma’lum miqdordagi pul va qo‘shimchasiga "ko‘k-anorranglilar"ning bir o‘yinchisini o‘z ichiga olishi mumkin.
Joriy mavsumda Alessandro Bastoni "Inter" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining milanliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.













