Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Dibala «Milan»ga o‘tishni orzu qilmoqda

Dibala «Milan»ga o‘tishni orzu qilmoqda

Baho:
+ | -

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala klubini o‘zgartirishi mumkin. Corriere della Sera nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, agar argentinalik futbolchi Rim klubini tark etsa, u «Milan»ga o‘tishni istaydi.

«San-Siro»da to‘p tepish hujumchining orzusi hisoblanadi. Bunday transfer amalga oshishi uchun Dibala «rossonerilar» bilan o‘zining o‘yinlariga qarab belgilanadigan shartnomaga rozi bo‘lishga tayyor.

Paulo Dibala 2022 yilda «Yuventus»dan «Roma»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi Rim klubi safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:49, 15.04.2026.
O'qildi: 395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик