Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

O‘FA va O‘zPFL rahbariyati hamda Superliga klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FA va O‘zPFL rahbariyati hamda Superliga klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘FA va O‘zPFL rahbariyati Superliga klublari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kun tartibiga muvofiq, klublar boshqaruvini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish va ularning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ushbu yo‘nalishga xususiy sektorni keng jalb etish, homiylik mexanizmlarini takomillashtirish va yangicha moliyaviy tizimni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Yig‘ilish davomida klublar boshqaruvida shaffoflikni oshirish, mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish, marketingni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, infratuzilmani doimiy yaxshilab borish, akademiyalar, ayollar va yoshlar futboliga e’tibor qaratish zarurligi yana bir bor qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratish, ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish, stadionlarga ishqibozlarni keng jalb etish orqali klublar imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda jamoalar vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan javob berilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 20:01, 15.04.2026.
O'qildi: 352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик