Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Roman Vidonyak: «Biz Javohir Sindarov bilan endigina ikki bosqichdan o‘tdik. Oldinda yana ikkitasi bor»

Roman Vidonyak: «Biz Javohir Sindarov bilan endigina ikki bosqichdan o‘tdik. Oldinda yana ikkitasi bor»

Baho:
+ | -

Javohir Sindarovning murabbiyi Roman Vidonyak uning Nomzodlar turniridagi g‘alabasidan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

— “Bu hali eng katta natija emas. Biz rejamizdagi to‘rt bosqichdan ikkinchisinigina yakunladik.

Birinchisi Nomzodlar turniriga chiqish edi. Ikkinchisi esa uni yutish. Buni uddaladik. Endi navbat uchinchi bosqichga — jahon chempionligi uchun matchga.

Eng qiyini esa to‘rtinchi bosqich bo‘ladi: 2800 darajasiga chiqib, turnirlarda doimiy ustunlik qilish. Buni o‘z vaqtida Garri Kasparov va Magnus Karlsen qilgan”.

Vidonyakning aytishicha, bu darajaga chiqish uchun vaqt kerak:

— “Buning uchun kamida ikki yil jiddiy ishlashimiz kerak bo‘ladi. Ular (Kasparov va Karlsen) bu yoshda allaqachon tayyor edi, biz esa hali ham ustimizda ishlayapmiz”.

U tayyorgarlik jarayoniga ham to‘xtaldi:

— “Bir yil ichida to‘qqizta yig‘in o‘tkazdik. Ular asosan Myunxenda bo‘lib, har biri 10–14 kun davom etadi”.

Shuningdek, biz odatda kompyutersiz, shaxmat taxtasi oldida ishlaymiz. Turli mavzular bo‘yicha tizimli tarzda men tuzgan 40 mingga yaqin mashqlarni bajaramiz. Maqsad — o‘yinchining fikrlashini rivojlantirish,” — deya tushuntirdi Vidonyak.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 22:44, 15.04.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик