Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

«Inter» Simeone bilan aloqaga chiqdi

«Inter» Simeone bilan aloqaga chiqdi

Baho:
+ | -

«Inter» rahbariyati Kristian Kivuning ishidan mamnun va hatto u bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. «Neradzurri» faqat bir holatdagina bosh murabbiyni almashtirishga tayyor — agar ular Diyego Simeoneni jamoaga kelishga ko‘ndira olsalar.

Foot Mercato nashri xabariga ko‘ra, Simeonening tayinlanishi «Inter» uchun ushalmas orzu bo‘lib qolmoqda. Milan klubi rahbariyatining ba’zi vakillari bu imkoniyatni muhokama qilish uchun allaqachon argentinalik mutaxassis bilan bog‘lanishgan.

Diyego Simeone 2011 yil dekabr oyidan beri «Atletiko Madrid»ni boshqarib kelmoqda. E’tiborlisi, u 1997–1999 yillarda «Inter» safida futbolchi sifatida to‘p surgan.

Hozirda «Inter» A Seriyada eng yaqin ta’qibchisini 9 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 01:07, 16.04.2026.
O'qildi: 324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик