Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

YECHL. «Bavariya» «Real»ni musobaqadan chiqarib yubordi. Kamavinganing qizil kartochkasi qimmatga tushdi

YECHL. «Bavariya» «Real»ni musobaqadan chiqarib yubordi. Kamavinganing qizil kartochkasi qimmatga tushdi

Baho:
+1 | -

Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z maydonida Madridning «Real» jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (6:4) nemis klubi zafar quchdi.

Uchrashuvda «Bavariya» gollariga Aleksandar Pavlovich, Xarri Keyn, Luis Dias va Maykl Olise mualliflik qilgan bo‘lsa, «Real» tarkibida Arda Gyuler dubl qayd etdi, yana bir gol Kilian Mbappe hisobiga yozildi. E’tiborlisi, Gyuler o‘yinning 35-soniyasidayoq hisobni ochib, «Real» tarixidagi YECHLning eng tezkor goli muallifiga aylandi.

Madridliklar yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga 86-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Endi «Bavariya» yarim finalda Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi bahs olib boradi. Parijliklar chorak finalda «Liverpul»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.

«BAVARIYA» — «REAL MADRID» — 4:3

(Birinchi o‘yin — 2:1, umumiy hisob — 6:4)

Gollar: Arda Gyuler 1’ (0:1), Aleksandar Pavlovich 6’ (1:1), Arda Gyuler 29’ (1:2), Harri Keyn 38’ (2:2), Kilian Mbappe 42’ (2:3), Luis Dias 89’ (3:3), Maykl Olise 90+4’ (4:3).

«Bavariya»: Manuel Noyer, Dayo Upamekano, Jonatan Ta, Konrad Laymer, Yosip Stanishich (Alfonso Devis, 46), Yozua Kimmix, Aleksandar Pavlovich, Serj Gnabri (Jamal Musiala, 61), Luis Dias, Maykl Olise, Harri Keyn.

«Real Madrid»: Andrey Lunin, Eder Militao, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Trent Aleksandr-Arnold (Franko Mastantuono, 90), Djud Bellingem, Federiko Valverde, Arda Gyuler (Mark Pitarch, 90), Braim Dias (Eduardo Kamavinga, 62), Vinisius Junior, Kilian Mbappe.

Ogohlantirishlar: Yosip Stanishich (29), Eder Militao (40), Antonio Ryudiger (71), Eduardo Kamavinga (78).

Chetlatishlar: Eduardo Kamavinga (86, ikkinchi sariq), Arda Gyuler (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:07, 16.04.2026.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик