Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Infantino: «Eron JCH-2026da ishtirok etishi shart, sport siyosatdan xoli»

Infantino: «Eron JCH-2026da ishtirok etishi shart, sport siyosatdan xoli»

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasi futbolchilari 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishni xohlayotganiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi.

«Eron jamoasi albatta keladi. Biz, albatta, o‘sha vaqtgacha vaziyat tinchlanishiga umid qilamiz, bu shubhasiz yordam beradi. Ammo Eron kelishi shart. Ular o‘z xalqini ifoda etadilar. Ular saralashdan o‘tishdi. Futbolchilar o‘ynashni xohlashadi. Men ikki hafta oldin ularning oldiga bordim, ular Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishayotgan edi va ular haqiqatan ham maydonga tushishni istashmoqda. Ular o‘ynashlari kerak — sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi lozim.

To‘g‘ri, biz Oyda yashamayapmiz, Yer sayyorasida yashayapmiz, lekin agar bizdan boshqa hech kim ko‘priklar qurishga va ularning yaxlitligi hamda birligini saqlashga ishonmasa, unda bu ish bilan biz shug‘ullanamiz», — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Kiritildi: 02:18, 16.04.2026.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик