Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 03:00 Iroq 1-4 Norvegiya
17/06 06:00 Argentina 3-0 Jazoir
17/06 09:00 Avstriya 3-1 Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya 1-1 Kongo DR
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-2 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada - Qatar
19/06 05:00 Meksika - Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya

Noyer «Real» bilan o‘yindagi xatosi haqida gapirdi

Noyer «Real» bilan o‘yindagi xatosi haqida gapirdi

Baho:
+-1 | -

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar Ligasi 1/4 finali javob bahsida «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba (4:3) haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvning 35-soniyasidayoq madridliklar hisobni ochishgandi: jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan Noyerning uzatmasini Arda Gyuler egallab oldi va bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi.

O‘yin haqida

«Bu biz futbolchilar, muxlislar va neytral tomoshabinlar uchun muhim Chempionlar Ligasi oqshomi bo‘ldi. Gollar o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham xotirjamlikni saqladik va o‘yindan chiqib ketmadik. O‘z imkoniyatimizni kutdik va yakunda hisobni 3:3, keyin esa 4:3 ko‘rinishiga keltirdik. Menimcha, bu haqqoniy g‘alaba bo‘ldi».

Xatosi haqida

«Men to‘pni Stanishichga uzatmoqchi edim, lekin zarbam o‘xshamadi. Gyuler esa to‘pni to‘xtatmasdan juda yaxshi zarba berdi. Keyinroq jarima zarbasi vaqtida ham uning chap oyog‘i juda kuchli ekaniga guvoh bo‘ldik».

Yarim finalda «PSJ» bilan to‘qnashuv haqida

«So‘nggi yillardagi o‘zaro o‘yinlarimiz — xoh Chempionlar Ligasida bo‘lsin, xoh klublar o‘rtasidagi JCHda — doimo keskin kurashlar ostida o‘tgan. Bu safargi ikki o‘yin ham istisno bo‘lmaydi. Men Parijdagi va keyin bu yerda — o‘z muxlislarimiz qarshisidagi bahslarni intiqlik bilan kutyapman. Ular bugun bizni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi va parijliklarga qarshi o‘yinda ham bu takrorlanishiga umid qilaman», — dedi Noyer.

Kiritildi: 05:05, 16.04.2026.
O'qildi: 2701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик