Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo yoki Manchini Eddi Xau o‘rnini egallashi mumkin

Mourinyo yoki Manchini Eddi Xau o‘rnini egallashi mumkin

Baho:
+ | -

Angliyaning «Nyukasl» klubi bosh murabbiylik lavozimiga mashhur mutaxassisni taklif etish variantini ko‘rib chiqmoqda.

TEAMtalk bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qarg‘alar» joriy mavsum yakunida Eddi Xau jamoani tark etgan taqdirda amalga oshiriladigan reja ustida ishlamoqda. Klub ichida ko‘plab nomzodlar muhokama qilinayotgani ma’lum, ular orasida Joze Mourinyo va Roberto Manchini ham bor.

Hozirgi vaqtda Xau rahbariyatdan yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish bo‘yicha kafolatlar talab qilmoqda, biroq hozircha hamma narsa noaniq bo‘lib turibdi. Shu sababli, murabbiyning yozda ketishini istisno qilib bo‘lmaydi.

32-turdan so‘ng «Nyukasl» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 42 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:27, 16.04.2026.
O'qildi: 394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик