Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Tyago Silva «Chelsi»dan ketganidan so‘ng yaqinlarini sog‘inganini tan oldi

Tyago Silva «Chelsi»dan ketganidan so‘ng yaqinlarini sog‘inganini tan oldi

Baho:
+2 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Portu» himoyachisi Tyago Silva 2024 yilda «Chelsi»ni tark etganini yodga oldi.

«Chelsi» faoliyatimdagi chindan ham muhim bosqichga aylandi. Bu hayotimdagi juda jiddiy qarorlar edi. Oilamni Londonda qoldirib, Braziliyaga qaytish yoqimli bo‘lmadi. Men ularni juda qattiq sog‘indim va ayriliq osonroq kechadi deb o‘ylagandim», — deya Silvaning so‘zlarini keltirmoqda The Sun nashri.

Tyago Silva 2020 yilda «PSJ»dan erkin agent sifatida «Chelsi»ga o‘tgan edi. U London klubi sharafini 2024 yilgacha himoya qildi. Umumiy hisobda himoyachi «ko‘klar» safida 155 ta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. «Chelsi» tarkibida braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 12:43, 16.04.2026.
O'qildi: 286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик