Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Makmanaman: «Real»da murabbiylar emas, futbolchilar boshliq»

Makmanaman: «Real»da murabbiylar emas, futbolchilar boshliq»

Baho:
+ | -

«Real» sobiq yarim himoyachisi Stiv Makmanaman Madrid klubi murabbiylari duch keladigan qiyinchiliklar haqida mulohaza yuritdi.

«Bu yerda futbolchilar aql bovar qilmas darajadagi kuch va hokimiyatga ega. Menimcha, gap aynan shunda. Arne Slot — «Liverpul»da boshliq, Pep Gvardiola — «Manchester Siti»da boshliq... Ammo «Real»ning boshliqlari — futbolchilarning o‘zi.

Murabbiy ularga muayyan usulda o‘ynashni buyurishi bilan, ular maydonga tushishadi va butunlay boshqacha o‘yin ko‘rsatishadi. Bu doim shunday bo‘lib kelgan.

Murabbiy o‘zida daholik va ishontirish qobiliyatini birlashtira olishi kerak. Shu bilan birga, u futbolchilarni boricha qabul qilishi va barcha 25 nafar o‘yinchiga o‘zlarini jamoaning bir qismidek his qilishlariga imkon berishi lozim. Futbolchilar mashg‘ulotlardan zavq olishlari kerak, ularni ko‘p miqdordagi taktik ishlar va videotahlillar bilan charchatib qo‘yish yaramaydi.

Ularni baxtiyor qilish va yaxshi o‘ynashga majburlash o‘rtasida juda nozik chiziq bor. Anchelotti va Del Boske buni uddalashgan... Keyin esa boshqa taniqli murabbiylar ketishga majbur bo‘lishdi.

Xabi Alonso baqir-chaqir qiladigan murabbiy edi deb o‘ylamayman, u shunchaki «Bayer»dagi kabi o‘yin uslubini joriy qilmoqchi bo‘ldi, ammo futbolchilar buni qabul qilishmadi», – dedi Makmanaman TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 17:39, 16.04.2026.
O'qildi: 321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик