Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Nagelsman APL klublariga taklif qilindi

Nagelsman APL klublariga taklif qilindi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman o‘z kuchini Angliya Premyer-ligasida sinab ko‘rmoqchi. TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, vositachilar 38 yoshli mutaxassis nomzodini «Liverpul», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Arsenal» klublariga taklif qilishgan.

«Liverpul», «Arsenal» va «Chelsi»: Bu klublar hozircha taklifga javob berishmagan. Kutilishicha, ular amaldagi murabbiylarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadilar.

«Manchester Siti»: «Shaharliklar» Xosep Gvardiolaning kelajagi borasidagi qarorini kutishmoqda. Klub ispan mutaxassisi ketishga qaror qilgan taqdirda Nagelsmanni potensial nomzod sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Nagelsman 2023 yil sentyabridan buyon Germaniya terma jamoasini boshqarib kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 20:16, 16.04.2026.
O'qildi: 1767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик