Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sobiq hakam: «Real»ning «Bavariya»ga urgan ikkita goli bekor qilinishi kerak edi»

Sobiq hakam: «Real»ning «Bavariya»ga urgan ikkita goli bekor qilinishi kerak edi»

Baho:
+5 | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Sobiq hakam, «Alyo, ref!» mashhur telegram-kanali muallifi Anatoliy Sinyayev Chempionlar ligasi doirasidagi «Bavariya» va «Real» o‘rtasidagi o‘yinda Slavko Vinchich boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishiga baho berdi.

Sinyayevning so‘zlariga ko‘ra, Myunxenda kechgan bahsda Vinchich va VAR «Real» tomonidan urilgan uchta goldan iktasini inobatga olmasliklari kerak edi.

«Gyulerning goli «nohaq belgilangan jarima zarbasi»dan so‘ng urildi. Braim Dias kontakt izlagandi, u yerda folga yaqin holatning o‘zi yo‘q edi. Mbappening golini esa VAR aralashuvi bilan bekor qilish lozim edi, chunki hujum fazasida qoida buzilgandi. Ryudiger ochiqchasiga qoidani buzgandi», — deya Sinyayevning so‘zlarini keltiradi Betonmobile.

Shu bilan birga, Sinyayev hakam Eduardo Kamavingaga ikkinchi sariq kartochkani to‘g‘ri ko‘rsatganini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» o‘z maydonida «Real»ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra myunxenliklar 6:4 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘l olishdi.

Kiritildi: 22:12, 16.04.2026.
O'qildi: 4087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик