Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Manuel Pellegrini: «Favorit yo‘q, ammo...»

Manuel Pellegrini: «Favorit yo‘q, ammo...»

Baho:
+ | -

2020 yildan beri Ispaniyaning «Betis» klubini boshqarib kelayotgan Manuel Pellegrini Yevropa Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Betis»ning raqibi Portugaliyaning «Braga» jamoasi bo‘lib, dastlabki bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashgan edi.

«Safarda durang qayd etganimizdan so‘ng, zimmamizdagi mas’uliyat yanada oshdi. Biz u yerda yutqazmaslik vazifasini uddaladik, biroq hozircha favorit yo‘q», — dedi Pellegrini UYEFAga bergan intervyusida.

Mavsum davomida salomatligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan Isko to‘pig‘idagi sinish jarohatidan so‘ng tiklandi, ammo murabbiy uning to‘liq o‘yinni o‘tkaza olmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu juftlik g‘olibi yarim finalda «Frayburg» yoki «Selta» jamoalaridan biri bilan to‘qnash keladi. «Betis» va «Braga» o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:50, 16.04.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик