Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya futbolida tarixiy natija: «Strasbur» 26 yillik an’anani yangiladi

Fransiya futbolida tarixiy natija: «Strasbur» 26 yillik an’anani yangiladi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Strasbur» klubi Konferensiyalar ligasi javob chorak final uchrashuvida Germaniyaning «Mayns» jamoasi darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi. Shu tariqa, «Strasbur» Yevropa futbolidagi nufuzi jihatdan uchinchi o‘rinda turadigan turnirning keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Strasbur» biror-bir Yevropa turnirining yarim finaliga qadar yetib borgan Fransiyaning o‘n uchinchi klubiga aylandi. Qizig‘i shundaki, bungacha bunday natijani ilk bor qayd etgan so‘nggi fransuz klubi 2000 yilda «Lans» bo‘lgan edi.

O‘shanda Fransiya klubi Londonning «Arsenal» jamoasiga duch kelib, UYEFA Kubogi doirasidagi ikki o‘yinda ham imkoniyatni boy bergandi. Biroq o‘sha mavsum finalida «kanonirlar»ning o‘zlari ham muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «Galatasaroy»ga mag‘lub bo‘lishgan edi.

Kiritildi: 08:17, 17.04.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик