Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Kloppni taklif qilishga tayyor, ammo...

«Real» Kloppni taklif qilishga tayyor, ammo...

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Yurgen Kloppni bosh murabbiy lavozimiga taklif qilishdan manfaatdor, biroq muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti.

2024 yilda murabbiylik faoliyatidan uzoqlashgan germaniyalik mutaxassis Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi» Kloppga taklif bilan chiqishga tayyor, ammo undan birinchi qadamni kutishmoqda. «Liverpul»ning sobiq ustozi ishga qaytish istagi borligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar berishi kerak — shu vaqtgacha «qaymoqranglilar» muzokaralarni boshlamaydilar.

2025 yil boshidan buyon Yurgen Klopp «Red Bull» kompaniyasining futbol bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Kiritildi: 08:18, 17.04.2026.
O'qildi: 4588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик