Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nega yarim finalda faqat «Arsenal» qoldi? Arteta ingliz klublarining muammosi haqida

Nega yarim finalda faqat «Arsenal» qoldi? Arteta ingliz klublarining muammosi haqida

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL dunyoning eng kuchli ligasi deb hisoblansa-da, nega Chempionlar ligasi yarim finalida bor-yo‘g‘i bitta ingliz klubi qolganiga izoh berdi.

«Biz yarim finalda g‘alaba qozonishni juda ham xohlaymiz. Bu nihoyatda qiyin va biz nimaga erishganimizni tushunib turibmiz. Bunga to‘laqonli loyiq edik va aynan mehnatimiz bilan erishganimiz uchun ham bundan zavqlanmoqchimiz.

Turnirda qolgan yagona ingliz jamoasi ekanligimiz bejiz emas. Bizning chempionat va bunday taqvim odamni dahshatli darajada charchatib yuboradi.

Biz ideal emasmiz, ayrim jihatlarni to‘g‘rilashimiz kerak va buni anglaymiz. Ammo futbolchilarimiz amalga oshirgan ish juda qadrli», — dedi «Arsenal» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 08:47, 17.04.2026.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик