Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Shesni: «Mag‘lubiyatni mardlarcha tan olib, oldinga intilishimiz kerak»

Shesni: «Mag‘lubiyatni mardlarcha tan olib, oldinga intilishimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni jamoaning Chempionlar ligasidan chiqib ketgani va kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.

«Ko‘k-anorranglilar» chorak finalning dastlabki uchrashuvidagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, «Atletiko» bilan kechgan javob bahsida (2:1) vaziyatni o‘nglay olmadilar.

«Afsuski, «Atletiko»ga qarshi ikki o‘yinda jamoaning qilgan harakatlari yetarli bo‘lmadi. Endi o‘zimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishimiz va La Ligada g‘alabani ta’minlashimiz kerak – mavsumning qolgan qismidagi asosiy maqsadimiz shu. Bor e’tiborni chempionatga qaratishimiz lozim.

Albatta, Chempionlar ligasidan chiqib ketish — mahzunlik, chunki biz turnirda g‘olib chiqishga umid qilgandik, lekin men jamoaning ishtiyoqi va harakatlari bilan faxrlanaman. Endi mag‘lubiyatni mardlarcha tan olib, oldinga intilish qoldi, xolos», – dedi Shesni o‘z intervyusida.

«Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va mavsum yakuniga yetti tur qolganda Madridning «Real» klubini 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 11:20, 17.04.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик